Ultimate Fighting Championship

K Fighting Championship (ruscha: Абсолютный бойцовский чемпионат — Ultimate Fighting Championship) Amerika Qoʻshma Shtatlarining Las-Vegas shahrida joylashgan aralash yakkakurashlar (shuningdek, MMA nomi bilan ham tanilgan) bilan shugʻullanuvchi sport tashkiloti (inglizcha: Mixed Martial Arts). Bu tashkilot butun dunyo boʻylab eng sara sportchilarni raqobatlashishi uchun tashkil etilgan boʻlib, „Endeavour Group Holdings“ shoʻba korxonasi „Zuffa“ kompaniyasiga tegishli hisoblanadi va ular tomonidan boshqariladi.

1993-yilda Denverda oʻtkazilgan birinchi turnirning muvaffaqiyati yangi musobaqalarni oʻtkazishga turtki boʻlgan, ammo Nevada shtatining bosimi ostida kompaniya qoidalarni sezilarli darajada oʻzgartirishga majbur boʻldi va musobaqani tomoshadan sportga aylanishiga olib keldi[1].

2001-yilda Station Casinos egalari Lorenzo va Frank Fertittalar tomonidan sotib olinganidan va sobiq boks promouteri Dana Uayt tashkilot prezidenti etib tayinlanganidan soʻng, KFC AQSh va boshqa mamlakatlarda agressiv kengayishini boshladi.

2007-yilda Yaponiyaning Pride Fighting Championships tashkiloti asosiy raqibi sotib olinganidan soʻng, UFC aralash yakkakurash janglarining dunyodagi eng yirik targʻibotchilaridan biriga aylangan[2].

2012-yil holatiga koʻra, UFC dunyoning eng yaxshi MMA jangchilariga mezbonlik qilgan[3]. Shuningdek, janglar 130 mamlakatda 20 xil tilda translyatsiya qilib efirga uzatiladi[4].

Sakkizburchak (yoki oktagon) — janglar oʻtkaziladigan qafas UFC ramziga aylangan va birinchi turnirdan beri oʻzgarmagan.

Dastlabki UFC turnirlari ochiq vazn toifasida oʻtkazilgan va UFC 3 turnirida Keyt Xekni va Emmanuel Yarboro oʻrtasidagi jangda boʻlgani kabi, ikki jangchi oʻrtasidagi vazn farqi baʼzan 180 kilogrammga yetgan[5][6][7]. Biroq, UFC janglari boʻy va vazn gʻalaba uchun hal qiluvchi omil emasligini tez-tez isbotlab turgan.

  1. „From Sport to Spectacle“. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.
  2. „The History of MMA“ (2009-yil 26-dekabr). — „Meanwhile, numerous events have sprung up and then folded after making brief attempts to challenge the UFC as the world’s biggest event.“. 2011-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-08--2008.
  3. „Sherdog Rankings“. 2011-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-avgust.
  4. „UFC Inks TV Deal with Asia's ASN HD Sportst“ (2010-yil 9-mart). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-avgust.
  5. „Fight card for UFC 3“. Sherdog. 2007-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 5-dekabr.
  6. „Fighter profile for Keith Hackney“. Sherdog. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 5-dekabr.
  7. „Fighter profile for Emmanuel Yarborough“. Sherdog. 2007-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 5-dekabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search