Mark Zuckerberg

Mark Zuckerberg
Tavalludi
Mark Elliot Zuckerberg

14-may 1984-yil (1984-05-14)
Fuqaroligi Qoʻshma ShtatlarAQSh
Taʼlimi
Faoliyat yillari 2004-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Prissila Chan
Bolalari 2
Ota-onasi
  • Edvard Zuckerberg
  • Karen Zuckerberg
Veb-sayti markzuckerbergofficial.com
Imzosi

Mark Elliot Tsukerberg (ingl. Mark Elliot Zuckerberg, tug. 14 may kuni 1984, Uayt-Plains, Nyu-York) amerikalik media magnat, Internet-tadbirkor va filantrop. Meta (ilgari Facebook, Inc.) va uning raisi, bosh ijrochi direktori va nazorat qiluvchi aksiyador hisoblanadi. Shuningdek, u Breakthrough Starshot quyosh yelkanli kosmik kemasini ishlab chiqish loyihasining hammuassisi va uning direktorlar kengashi a'zolaridan biridir.

Tsukerberg Garvard universitetida tahsil oldi va u yerda 2004 yil fevral oyida yotoqxonadagi qo'shnilari bilan Facebook ijtimoiy tarmog'ini ishga tushirdi. 2012 yil may oyida Tsukerberg kompaniyani nazorat paketi bilan birjaga olib chiqdi. 2007 yilda, 23 yoshida u dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. 2021-yil oktabr oyida 122 milliard AQSh dollari boyligi bilan dunyodagi eng boy odamlar ro'yxatida 5-o'rinni egalladi.[1]

  1. „Forbes milliarderlar 2020“.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search